Bosh sahifaga qaytish
SmartSchool SmartSchool

Maxfiylik siyosati

So'nggi yangilanish: 2026-yil 24-sentabr

Ushbu hujjat SmartSchool tizimi (veb-sayt va "SmartSchool" mobil ilovasi — birgalikda "Tizim") qanday ma'lumot yig'ishi, ulardan qanday foydalanishi va ularni qanday himoya qilishini tushuntiradi. Tizim faqat bitta ta'lim muassasasi (maktab) ichida, o'sha maktabning direktori, o'qituvchilari, o'quvchilari va ularning ota-ona/vasiylari tomonidan ishlatilishi uchun mo'ljallangan — umumiy ommaviy ilova emas.

Mobil ilova kimlar uchun: "SmartSchool" Android ilovasidan asosan farzandining ta'lim jarayonini kuzatib boruvchi ota-onalar/vasiylar foydalanadi — davomadni nazorat qilish, reytingni kuzatish, test natijalari va baholarni ko'rish uchun. O'quvchining o'zi ham ilova orqali test yechishi mumkin, lekin bu odatda ota-ona nazorati ostida amalga oshiriladi.

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

Maktab ma'muriyati (direktor) tomonidan tizimga kiritiladigan yoki foydalanuvchining o'zi tizimda ishlash jarayonida yaratadigan quyidagi ma'lumotlar saqlanadi:

  • F.I.Sh, telefon raqami (login sifatida), sinf/lavozim, fan (o'qituvchilar uchun)
  • Test natijalari, baholar, davomad yozuvlari (o'quvchiga tegishli ta'lim ma'lumotlari)
  • Reyting topshiriqlari — matn, shuningdek foydalanuvchi ixtiyoriy ravishda yuklagan rasm va video fayllar
  • Ilova ichidagi xabarlar (direktor/o'qituvchi tomonidan yuborilgan e'lonlar matni)
  • Kirish (login) uchun parolning shifrlangan (hash) shakli — asl parol saqlanmaydi

2. Ma'lumotlardan qanday foydalaniladi

Yig'ilgan ma'lumotlar faqat ta'lim jarayonini yuritish uchun ishlatiladi: test va baholarni hisoblash, davomadni yuritish, reyting va o'quvchi rivojlanishini kuzatish, direktor/o'qituvchi va o'quvchi/ota-ona o'rtasida xabar almashish. Ma'lumotlar reklama maqsadida ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

3. Sun'iy intellekt (AI) xizmatlari

Tizimdagi "AI tahlil" va "AI yordamida test tuzish" kabi ixtiyoriy funksiyalar ishlatilganda, tegishli ma'lumot (masalan, savol matni yoki o'quvchining test natijalari haqidagi umumlashtirilgan statistika) tahlil qilish uchun Google Gemini API xizmatiga yuboriladi. Bu funksiyalar faqat foydalanuvchi ularni o'zi ishga tushirganda ishlaydi.

"Operator" yordamchisiga yozilgan yoki ovoz bilan aytilgan topshiriq (va shu suhbatning oxirgi xabarlari) tushunish uchun Google Gemini API xizmatiga yuboriladi. Ovozli topshiriq faqat foydalanuvchi mikrofon tugmasini bosib turgan paytdagina yoziladi, javob olinishi bilan qurilmada ham, serverda ham saqlanmaydi.

4. Kimlar ko'ra oladi

Har bir foydalanuvchi faqat o'z roliga tegishli ma'lumotni ko'radi: o'quvchi/ota-ona — o'z farzandining natijalarini, o'qituvchi — o'zi dars beradigan sinf/fan bo'yicha o'quvchilar ma'lumotini, direktor — butun maktab miqyosidagi ma'lumotni. Ma'lumotlar shu bitta maktab doirasidan tashqariga chiqmaydi.

5. Bolalar maxfiyligi

Tizimda saqlanadigan ta'lim ma'lumotlari (baho, davomad, test natijalari) voyaga yetmagan o'quvchilarga (bolalarga) tegishli. Biroq mobil ilovani amalda ko'pincha bolaning o'zi emas, balki ota-onasi yoki qonuniy vasiysi boshqaradi — farzandining davomadi va natijalarini kuzatish, reytingini tashkillashtirish uchun. O'quvchining o'zi ilova orqali test yechgan hollarda ham, bu odatda ota-ona nazorati ostida amalga oshiriladi.

O'quvchi hisobi maktab ma'muriyati (direktor) tomonidan yaratiladi — bu bolaning maktabga rasman qabul qilinishi va ota-ona/vasiy roziligi asosida amalga oshiriladi. Farzandingizga oid ma'lumotni o'chirish yoki hisobni butunlay yo'q qilish uchun maktab direktoriga murojaat qilish kifoya.

6. Ma'lumotlarni saqlash va xavfsizlik

Barcha ma'lumotlar shifrlangan (HTTPS) kanal orqali uzatiladi va serverda himoyalangan ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Parollar hech qachon ochiq matn shaklida saqlanmaydi. Kirish token'lari qurilmangizda mahalliy saqlanadi va "Chiqish" bosilganda o'chiriladi.

7. Ruxsatlar (mobil ilova)

"SmartSchool" mobil ilovasi Internetga ulanish (INTERNET) va mikrofon (RECORD_AUDIO) ruxsatlaridan foydalanadi. Mikrofon faqat "Operator"ga ovozli topshiriq berish uchun, foydalanuvchi mikrofon tugmasini bosib turgan paytda ishlatiladi (ruxsat birinchi marta shu tugma bosilganda so'raladi va uni rad etish mumkin — topshiriqni matn bilan yozish ham mumkin). Ilova kamera, kontaktlar, joylashuv yoki boshqa shaxsiy ma'lumotlarga kirish so'ramaydi.

8. Bog'lanish

Maxfiylik siyosati yuzasidan savollar yoki ma'lumotlaringizni o'chirish so'rovi bo'yicha quyidagi manzilga murojaat qiling:
Dasturchi: Bahodir Sattorov
Email: sbahodir1@gmail.com

Hisobni butunlay o'chirish bo'yicha bosqichma-bosqich yo'riqnoma: uzsmartschool.uz/account-deletion